Elyor G‘aniyev transport vaziri lavozimidan ozod qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Elyor G‘aniyev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Prezidentning tegishli farmoni joriy yilning 5 avgust kuni imzolangan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Elyor G‘aniyevning qaysi ishga o‘tgani va uning o‘rniga kim tayinlangani hozircha noma’lum.

G‘aniyev 2019 yil yil oxirida o‘tkazilgan parlament saylovlaridan keyin yangi Hukumat shakllantirilganda Ochilboy Ramatov o‘rniga Transport vaziri etib tayinlangandi.

Elyor G‘aniyev 2012-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, 2017 yil noyabridan prezident devonida sektor boshlig‘i, 2018 yil avgustidan Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2019 yilning yanvaridan 2020 yilning yanvarigacha Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Elyor G'aniev

Baholaganlar

551

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing