Rasman: G‘aniyev 5 avgust kuni Prezident farmoni bilan lavozimidan ozod etilgan

Jamiyat

image

Avvalroq, bugungacha O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Elyor G‘aniyev lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Elyor G‘aniyev joriy yilning 5 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan farmonga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan. Farmon suratini bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev shaxsiy telegram kanalida tarqatdi. 

Farmonda Elyor G‘aniyev boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod etilayotgani aytilgan. Biroq, G‘aniyev ayni vaqtda qaysi lavozimga o‘tkazilgani aniq emas. 

Ma’lumot o‘rnida, Elyor G‘aniyev 2012-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, 2017 yil noyabridan prezident devonida sektor boshlig‘i, 2018 yil avgustidan Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2019 yilning yanvaridan 2020 yilning yanvarigacha Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Elyor G'aniev

Baholaganlar

1337

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing