Elektron raqamli imzosi yo‘q abituriyent OTMga masofadan turib hujjat topshira olmaydi
Jamiyat
−
16 may 2019
4745Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun bu yil qayta hujjat topshirayotgan abituriyentlar eng kam ish haqi (EKIH)ning yarim baravari miqdoridagi bojni to‘lashi belgilab qo‘yilgan.
Bu yilda qabul jarayonlari iyul-avgust oylari davomida o‘tkaziladi. Lekin keyingi yillarda qabul jarayonlari uchun maxsus qurilgan binolarda test sinovlari yil davomida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Bu yil hujjatlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshiriladi. Ayni vaqtda O‘zbekiston bo‘yicha 200 dan ortiq davlat xizmatlari markazi bor. Agar zarurat tug‘ilsa, mehnat qonunchiligiga amal qilgan holda hujjatlarni 24 soat qabul qilish rejasi ham tayyorlab qo‘yilgan. Abituriyentlar bu borada hududiy bo‘limlarga murojaat qilishi mumkin.
Ma’lumki, Yagona portal orqali hujjat topshirish uchun elektron raqamli imzo kerak bo‘ladi. Bu bir marta olinadigan imzo. Shu bois ham abituriyent avvalo Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishi shart. Elektron raqamli imzoni avvalroq olib qo‘yish mumkin. Chunki uni masofadan turib olib bo‘lmaydi. Elektron raqamli imzosi yo‘q fuqarolar masofadan turib hujjat ham topshira olmaydi. Bu haqda O‘zA nashri xabar tarqatdi.
Sohada ko‘plab yangiliklar bo‘layotgani bois tushunmovchiliklar bo‘lishi tabiiy hol. Shu bois ham abituriyentlar DTM sayti orqali ma’lumot olishi mumkin. Qolaversa, bilib-bilmay tarqatilgan xabarlardan ko‘ra, bu borada qabul qilinayotgan qaror va farmonlarda barchasi belgilab qo‘yilganini unutmaslik lozim.
LiveBarchasi