Elektromobillar uchun 4 turdagi davlat raqami belgilari joriy etiladi
Jamiyat
−
28 mart 2021
11436Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamas portalida “O‘zbekiston Respublikasida elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomototransport vositalaridan foydalanishni ommalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyihaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
- bir oy muddatda elektromobillar uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining texnik shartlarini tartibga soluvchi normativ hujjat loyihasini ishlab chiqib ro‘yxatdan o‘tkazish uchun “O‘zstandart” agentligiga taqdim etadi;
- ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi joriy etilayotgan tiplarini yangi standart hamda ishlab chiqarish texnologiyasi asosida tayyorlanishini ta’minlaydi;
- 2021 yil 1 iyundan boshlab elektromobillar uchun alohida farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari bilan ta’minlash choralarini ko‘radi;
- 2021 yil 1 iyunga qadar elektromobillar uchun rasmiylashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari qonun hujjatlarida belgilangan to‘lov va yig‘imlar undirilmasdan almashtirib berilsin. Bunda, elektromobil egasi auksion savdolari orqali yutib olingan oshirilgan to‘lov stavkasidagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari mos ravishda elektromobillar uchun alohida farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilariga almashtirib berilishi ta’minlaydi.
Shuningdek, elektromobillar uchun alohida IYe, IAYe va IIIYe, IIIAE tipli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etilmoqda.
LiveBarchasi