Elektrobuslar uchun BMT O‘zbekistonga 4 million dollar ajratadi

Jamiyat

image

Bir muddat muqaddam BMTning rivojlanish loyihasi, Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” AJ hamda O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamkorligida Global ekologik fond orqali poytaxt jamoat transporti tarkibiga elektrobuslarni olib kelish bo‘yicha loyiha yuzasidan ish boshlangandi. 

Ushbu loyiha BMT tomonidan tasdiqlandi va loyiha oldi ishlar uchun byudjet hamda ekspertlar guruhi shakllantirildi. Aytilishicha, ushbu loyiha MDH davlatlari orasida faqat O‘zbekiston va Ukraina uchun tasdiqdan o‘tdi
Kecha, 16 sentyabr kuni “Toshshahartransxizmat”AJda BMTning ekspert konsultantlari Ronald Vong hamda Tomas Fink bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda loyihani amalga oshirish bo‘yicha dastlabki muzokaralar olib borilib, ishchi guruhi tuzildi. 

O‘zbekiston uchun elektrobuslar loyihasi uchun 4 million dollar byudjet ajratilishi ko‘zda tutilgani aytib o‘tildi. Xalqaro tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruhi kelasi haftadan “Toshshahartransxizmat” AJda faoliyat olib boradi.
 


Maqola muallifi

Teglar

BMT elektrobus

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing