“Svet” uchun to‘lovlar hisobga ikki baravar ko‘p bo‘lib tushayotganiga izoh berildi
Jamiyat
−
07 iyul
22767Elektr energiyasi uchun to‘lovlarda hisobga ikki barobar ko‘p pul hisoblanayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ayni paytda to‘lov tizimlari bilan bog‘liq texnik nosozlik kuzatilganligi sabab to‘lov amalga oshirilganda, iste’molchi balansida to‘lov qoldig‘i ko‘proq ko‘rsatilishi kuzatilmoqda. Hozirda billing tizimi orqali elektr energiyasi uchun to‘lovlar xatosiz qabul qilinmoqda hamda balans qoldiqlari to‘g‘ri shakllantirilmoqda.
Korxona nosozliklar tez fursatda bartaraf etilishini bildirgan. Shuningdek, iste’molchilarga elektr energiyasi hisobi ko‘rsatkichlari to‘g‘risida aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning rasmiy veb-saytidagi Shaxsiy kabinet orqali olishlari tavsiya qilingan.
LiveBarchasi