Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida tadbirkorning 90 million so‘mini qo‘lgan kiritgan Eleketr tarmoqlari korxonasi rahbari qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shahar Elekter tarmoqlari korxonasi boshlig‘i D.N. shahar ETK muhandisi vazifasida ishlagan davrida “G.S.K.” MCHJning elektr ta’minotidan 202,5 million so‘m qarzdorligini kamaytirib berish evaziga MCHJ nazoratchisi A.G.dan 90 million so‘mni qo‘lga kiritgan. Ushbu pullar hisobidan 3 million so‘mni fuqaro U.M. orqali qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida hokim o‘rinbosarlari pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat pora Sirdaryo ETK

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing