Elektr energiyasidan qaysi viloyatning qarzi qanchaligi aytildi
Jamiyat
−
25 noyabr 2020
11333O‘zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorlik qancha? Mamlakatda qaysi viloyat qarzdorlik bo‘yicha yuqor pog‘onalarda turadi? Ushbu savollarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov javob berdi.
Uning qayd etishicha, mamlakatda elektr energiyasidan qarzdorlik bo‘yicha Samarqand viloyati “lider”lik qilmoqda.
Obidjonovning aytishicha, mamlakat bo‘ylab foydalanilgan elektr energiyasi uchun 1 yildan ortiq davr mobaynida to‘lovlarni amalga oshirmagan iste’molchilar soni 903 305 nafarni tashkil etadi. Qarzdorligi mavjudlari abonentlar 573 655 ta, 3 yildan ortiq davr mobaynida to‘lov amalga oshirmagan iste’molchilar soni esa 361 185 taga yetgan.
Jahongir Obidjonov qarzdorlar ro‘yxati shakllantirilgani, hududlar kesimida Samarqand viloyati lider ekanini aytib o‘tdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyati elektr energiyasi iste’molchilarining umumiy qarzi 646 mlrdni tashkil etib, bunda aholi qarzi 553 mlrd so‘mga yetgan.
Andijon viloyatining gardanida 273 mlrd so‘m qarzdorlik bo‘lsa, shundan 247 mlrd mablag‘ aholi qarziga to‘g‘ri keladi.
Qarzdorlik Navoiy viloyatida qarz ko‘rsatkichi 410 mlrd, Surxondaryo viloyatida esa 202 mlrdni tashkil etmoqda. Toshkent viloyatining elektr energiyasidan umumiy qarzi 381 mlrd bo‘lsa, shundan 280 mlrdi aholiga to‘g‘ri kelmoqda. Toshkent shahrida umumiy qarz 161 mlrd so‘mga yetgan.
“3 yildan buyon umuman to‘lovlarni amalga oshirmagan qarzdor iste’molchilar, Samarqand viloyatida 46 158, Toshkent viloyatida 45 685, Farg‘ona viloyatida 28 770 va Andijon viloyatida 26 867 nafarni tashkil etayotganligini ta’kidlashimiz lozim.
Shu bilan birga, iste’molchilarning qarzdorliklari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, bugungi kun holatiga qarzdorligi yuqori bo‘lgan ya’ni 1 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha bo‘lgan qarzdor aholi iste’molchilarlar soni 157 839 nafarni, 3 mln so‘mdan 5 mln so‘mgacha 14 890 nafarni va 10 mln so‘mdan yuqorisi 5 199 nafarni tashkil etmoqda”, deydi Jahongir Obidjonov.
LiveBarchasi