Elektr energiyasi uzilishida iste’molchilar ham aybdorligi aytildi

Jamiyat

image

Qish mavsumi yaqinlashishi bilan elektr muammosi paydo bo‘ladi. Iste’molchi yetkazib beruvchini ayblasa, elektr yetkazib beruvchilar esa iste’molchilarni ayblashadi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Jahongir Obidjonovning ma’lum qilishicha, iste’molchi ishlatilgan elektr energiyasi haqini vaqtida to‘lasa, bu kabi muammolar bo‘lmaydi. 

“OAV oqali elektr energiyasini cheklash, joylarni vaqtida elektr energiyasi bilan ta’minlamaslik holatlari ko‘pligi haqida yozilyapti. Hammasi bir-biriga bog‘liq, zanjir bor. Elektr energetika sohasida 55 mingta xodim ishlaydi.  “Hududiy elektr tarmoqlari”da 26 mingta xodim faoliyat olib boradi. Har bir xodimga vaqtida maoshi berilishi, ular esa soliq to‘lashi kerak. Investitsiya va remontlarini amalga oshirishi kerak. Bularning barchasi mablag‘ talab etadi. 

Elektr energiyasi ishlab chiqariladi. U tronsportirovka qilinadi va iste’molchilarga taqsimlanadi. Har bir bo‘g‘imda bir necha ming xodim ishlaydi, shu bilan birga ma’lum loyihalar amalga oshiriladi. Iste’molchilar tomonidan vaqtida pul to‘langanda, biz elektr energiyasi uchun “Milliy elektr tarmoqlari”ga yetkazardik, ular “Issiqlik elektr stansiyasi”ga berilardi va ular vaqtida investitsion loyihalarni amalga oshiragan bo‘lishardi. Barchaga yaxshi ma’lum 80% elektr energiyasi gaz hisobidan ishlab chiqariladi. Agar iste’molchi mablag‘ni vaqtida bersa, gazga ham pul yetib boradi”, deydi Jahongir Obidjonov.    

Uning aytishicha, hozirga kelib bir kunda  30 mingdan  50 mingtaga yaqin aholi elektr energiyasidan uzilmoqda. Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida hisoblagichlar 100%  o‘rnatilgan. Toshkent tumanining o‘zida 17 mingta elektr energiyasidan qarzdorlik aniqlangan va elektr energiyasidan uzilgan. Natijada Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi iste’molchilar elektr energiyasidan qarzdorlik uchun 4 mlrd so‘m mablag‘ to‘lagan. 

“Elektr energiyasi iste’molchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrdagi 3981-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentyabrdagi “Elektr energiyasini hisobga olish va avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni jadallashtirish chora-tadirlari to‘g‘risida”gi 594-sonli qarorlariga asosan, ASKUE tizimiga mos keluvchi hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugungi kun holatiga respublika bo‘yicha jami 4 million 765 ming 255 nafar yoki 64 foiz iste’molchilar uchun hisoblagichlar o‘rnatilib, fuqarolarning qariyb 2,5 million nafari yoki 51 foizi billing tizimiga ulandi.

Birinchi navbatda elektr energiyasi iste’molchilariga ASKUE tizimini joriy etishdan asosiy maqsad, iste’molchi va ta’minotchi o‘rtasidagi shaffoflikni ta’minlash, yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarga aniqlik kiritish, shu bilan birga, iste’molchilar foydalangan elektr energiyasi uchun to‘lov intizomini mustahkamlash, elektr energiyasini taqsimlashda har bir iste’molchi va transformator punkti kesimida kerakli ma’lumotlarni olish va tahlil qilib borish, shu bilan birga, ushbu olingan ma’lumotlar asosida modernizatsiya ishlarini amalga oshirib borish imkoniyati yaratiladi”, deb qo‘shimcha qildi Jahongir Obidjonov. 

Eslatib o‘tamiz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ viloyatlar kesimida qarzdorlik holatlari bo‘yicha ma’lumot berdi. Qarzdorlik bo‘yicha birinchilikda Samarqand viloyati bormoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi. Qaror loyihasida barcha elektr energiyasi iste’molchilariga elektr energiyasini yetkazib berish faqat oldindan to‘lov asosida amalga oshirilishi шартлиgi belgilab qo‘yilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Hududiy elektr tarmoqlari

Baholaganlar

69

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing