Elektr energiyasi uchun uch xil narx o‘rnatish rejalashtirilyapti

Jamiyat

image

O‘rnatilayotgan yangi elektr energiya hisoblagichlar ko‘p tarifli tizimga ega. Jumladan, ularni kun vaqtiga qarab, elektr energiyasi hisobini yuritish uchun ishlatilishi mumkin. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ammo hozircha bu tizim O‘zbekistonda joriy qilinmagan. Negaki, mazkur bosqichda “tungi” va “kunduzgi” tariflarni joriy etish yo‘lida jiddiy bir muammo bor. Bu esa elektr energiyaning yetkazib berilishi bilan bog‘liqdir.

“Agar biz iste’molchiga arzonroq energiyani iste’mol qilishni tanlash imkoniyatini berganimizda, ushbu tanlovni 24 soatlik yetkazib berish bilan mustahkamlashimiz kerak bo‘ladi.

Hozirgi paytda biz iste’molchiga “qimmat” va “arzon” elektr energiyani yetkazib bera olmaymiz. Chunki ushbu elektr energiyani yetkazib berishda uchraydigan muammolar tufayli biz iste’molchilarni “qimmat” energiyani xarid qilishga majburlaymiz. Yaqin kelajakda esa elektr energiya narxlarini uni iste’mol qilish hajmiga ko‘ra differensiya qilish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Bu umumjahon amaliyoti – uchta tarif joriy qilinadi – bazaviy, pasaytirilgan va yuqori. Bu hisob-kitob tizimini birmuncha murakkablashtiradi, ammo shu bilan birga, iste’molchilarga nisbatan eng adolatli qaror bo‘ladi”, deyiladi vazirlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

hisoblagich elektr energiya

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing