Eldor Shomurodovning transferi yo‘qolgan qizning topilishiga sabab bo‘ldi

Sport

Eldor Shomurodovning “Roma”ga o‘tishi polshalik yo‘qolgan qizaloqning topilishiga sabab bo‘ldi. Polshaning Nemirov qishlog‘ida tug‘ilgan Joana Gibka fevral oyidan buyon ota-onasi tomonidan qidirilayotgandi. Qizaloqning topilishiga o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov ham sababchi bo‘ldi.

Gap shundaki, Rimning “Roma” klubi yangi futbolchilarini tanishtiruvchi videoroliklarida, yo‘qolgan bolalarni ham namoyish qilib boradi. Klub shu tariqa o‘sha bolalarga ko‘proq e’tibor jalb qilishga harakat qiladi. Agar kimdir yo‘qolgan bo‘lsa, u bilan bog‘lanish mumkin bo‘lgan xayriya tashkilotlarining raqamlarini qoldiradi.

Transfer e’lon qilinganidan 24 kun o‘tib qizaloq topildi. Instagram’da 4 millionga yaqin o‘quvchisi bor “Roma”ning e’loni bu savobli ishga turtki bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, bunday usul Britaniya, Italiya, Gretsiya, Belgiya va Keniyadan 11 nafar bolaning topilishiga yordam bergan.

“Bir bolaning topilishi va bu bilan bir oilaning tashvishi yengillashishida qaysidir ma’noda mening ham hissam qo‘shilganidan juda xursandman. Futbol olamidagi mashhurligini yaxshilikka sarflaydigan klubning bir bo‘lagi ekanimdan faxrlanaman”, degan Shomurodov ushbu voqeadan keyin o‘z fikrlarini bildirib.

Ma’lumot uchun, “Roma” ushbu amaliyotni 2019 yildan beri qo‘llab keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov Joana Gibka Pol'shalik yo'qolgan qizaloq

Baholaganlar

1543

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing