Eldor Shomurodovning goli JCHning eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga kiritgan goli 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin. Bu haqda FIFA xabar berdi.

Ushbu nominatsiyada g‘olib bo‘lish uchun guruh bosqichida kiritilgan jami 215 ta gol orasidan eng chiroyli deb topilgan 12 ta gol saralab olingan. Ushbu ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning Kongo Demokratik Respublikasi darvozasiga urgan “parashyut” goli ham o‘rin olgan. Hozircha ovoz berishning birinchi bosqichi o‘tkazilmoqda.

Shomurodovning goli dunyo futboli yulduzlari – Lionel Messi, Kilian Mbappe va Vinisius Junior kabi mashhur futbolchilarning gollari bilan bir qatorda e’tirof etildi.

FIFA mazkur golga yuqori baho berib, uni quyidagicha ta’rifladi:

“Santimetrigacha aniq hisoblangan va mukammal ijro etilgan ushbu gol O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi debyutining eng yorqin lahzasi bo‘ldi”, deyiladi tashkilot xabarida.

Eslatib o‘tamiz, mazkur gol O‘zbekistonning Jahon chempionati “K” guruhi so‘nggi turida Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi bahsda kiritilgan edi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing