Eldor Shomurodovga Turkiya chempioni da’vogarlik qilmoqda

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodovga Italiyadan tashqaridan ham qiziqishlar bor. Bu haqda “RomaPress” nashri yozmoqda.

Turkiyadagi nashrlarning yozishicha, asosan “Bolonya” tomonidan qiziqish bildirilayotgan o‘zbekistonlik futbolchi atrofidagi vaziyatni “Trabzonspor” klubi ham kuzatib turibdi.

Qayd joizki, turk klubi Eldor Shomurodovni ijaraga olish uchun boshlang‘ich to‘lovi 1 million yevro bo‘lgan taklifni ilgari surishga ulgurgan. 

Biroq “Roma” “Trabzonspor” taklifini yaxshilamas ekan muzokaralar stoliga o‘tirishi dargumon. Chunki poytaxt klubi Eldorni “Bolonya”ga sotib olish majburiyati bilan ijaraga berish masalasini muhokama qilmoqda. Rim klubi 27 yoshli Eldor Shomurodov uchun 15 million yevro so‘ramoqda.

“Trabzonspor” 2021-2022 yilgi mavsumda Turkiya chempionatini  chempion sifatida yakunlagan. Trabzon shahri klubi 81 ochko jamg‘arib, 73 ochko to‘plagan Istanbulning “Fenrebahche” klubini ortda qoldirgan.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning yozida “Roma” Eldor Shomurodov uchun “Jenoa”ga 18 million yevro to‘lagan edi. O‘tgan mavsumda 27 yoshli Shomurodov “Roma” tarkibida Italiya A seriyasining 28 o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik futbolchini 8 million yevroga baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov “Roma”

Baholaganlar

349

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing