Eldor Shomurodov JCHga bormaydigan top-10 futbolchilar qatoridan joy oldi

Sport

image

O‘zbejiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi futbolchisi Eldor Shomurodov joriy yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida qatnashmaydigan super yulduzlar qatoriga kiritildi. Jami 10 ta futbolchidan iborat ro‘yxatda Eldor 8-o‘rinni egallab turibdi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) saytida yozilgan.

XOQ Markaziy Osiyoda futbol unchalik rivojlanmagan bo‘lsa-da, Eldor Shomurodovning Jahon chempionatida nimadir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan futbolchi ekanligini e’tirof etgan.

Shuningdek, Eldor Joze Mourino qo‘li ostidagi “Roma”da o‘zining mehnatkashligi va shaxsiy manfaatlarini jamoadan ustun qo‘ymasligi bilan ajralib turishi urg‘ulangan.

XOQ Jahon chempionatiga bormaydigan eng kuchli futbolchi sifatida Erling Xolandni tanlagan. Ikkinchi o‘ringa esa Zlatin Ibragimovich loyiq ko‘rilgan. Kuchli uchlikka Paulo Dibala yakun yasab bergan. Argentina mundialga borsa-da, Dibala jarohat sabab turnirni o‘tkazib yuboradi.

XOQ talqiniga ko‘ra, Qatar-2022 ga bormaydigan 10 ta super yulduz bilan tanishing:

1. Erling Xoland (Norvegiya, “Manchester Siti”);
2. Zlatan Ibragimovich (Shvetsiya, “Milan”)
3. Paulo Dibala (Argentina, “Roma”);
4. Muhammad Saloh (Misr, “Liverpul”);
5. Luis Dias (Kolumbiya, “Liverpul”);
6. Viktor Osimxen (Nigeriya, "Napoli");
7. Martin Edegor (Norvegiya, “Arsenal”);
9. Riyad Marez (Jazoir, “Manchester Siti”);
10. Janluiji Donnarumma (Italiya, “Pari Sen-Jermen”).

Qayd etish kearkki, Eldor Shomurodov “Roma”da asosiy vaqtini zaxirada o‘tkazmoqda. Yomon o‘ynayotgani uchun emas, shunchaki unga imkoniyat berilmayapti. Vaholanki, 27 yoshli o‘zbekistonlik futbolchidan afzal ko‘rilayotgan Temmi Abraham va Andre Belotti ham qoyillatib gol urayotgani yo‘q. Eldor esa o‘zi uchun berilayotgan bir-necha daqiqalarda tinimsiz mehnat qilmoqda.

Joriy mavsumda Shomurodov “Roma” uchun 4 ta uchrashuvda 60 daqiqa harakat qildi va 1 ta gol urdi. Joze Mourinoning “suyuklisi” va “erkatoyi” Temmi esa 12 ta uchrashuvda 2 ta gol urgan. Ko‘rinib turibdiki, janob “Special One”ga rotatsiya so‘zi umuman begona. Xullas, Mourino Rim klubining murabbiyi bo‘lib qolar ekan, Shomurodovga imkoniyat bermasa kerak. 

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasi safida 59 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol urgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Erling Xoland Muhammad Saloh

Baholaganlar

807

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing