Eldor Shomurodov Osiyoda yil o‘yinchisi bo‘lishga da’vogarlik qilmoqda

Sport

image

“Rostov” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov “Fox Sport Asia”ning “Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi” nominatsiyasi uchun tuzilgan qisqa ro‘yxatga kiritildi.

Ro‘yxatda jami 24 o‘yinchining nomi bor. Ular orasida Takumi Minamino (“Liverpul”), Son Xin Min (“Tottenxem”), Paulino (“Guanchjou Evergrand”, Xitoy) va boshqa mashhur futbolchilar bor.

Nomzodlarga Osiyoning yetakchi sport nashrlari ovoz beradi.

Ta’kidlab o‘tamiz, bu mukofot Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan topshiriladigan “Osiyoning Yil o‘yinchisi” mukofotiga aloqasi yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov

Baholaganlar

41

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing