Elbek Sultonov Paralimpiada chempioni bo‘ldi
Sport
−
31 avgust
8213Fransiyada mezbonligi ostida o‘tkazilayotgan 2024 yilgi Parij yozgi Paralimpiada o‘yinlarining yadro uloqtirish bo‘yicha F12 klassida kechgan bahslarda o‘zbekistonlik Elbek Sultonov 16.45 metr qayd etishga erishdi. Bu bilan Sultonov Paralimpiadaning oltin medalini qo‘lga kiritdi va chempionga aylandi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi jamg‘argan medallar soni 7 taga yetdi: 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yengil atletika bahslarida erkaklar o‘rtasida F37 klassida yadro uloqtirish dasturida oltin va bronza medallarni ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi – Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev hamda Tolibboy Yo‘ldoshev qo‘lga kiritgandi.
LiveBarchasi