Ekvador prezidentligiga nomzod jurnalist otib o‘ldirildi (video)
Olam
−
10 avgust 2023
9076Ekvador prezidentligiga nomzod 59 yoshli Fernando Vilyavisensio saylovoldi mitingidan so‘ng otib o‘ldirildi. Bu haqda mamlakatning “El Universo” gazetasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, poytaxt Kito shahridagi maktabda saylov mitingi bo‘lib o‘tgan. Tadbir yakunida maktab binosidan chiqayotgan Fernandoga qarata uch marta o‘q otilgan. Oqibatda u voqea joyida vafot etgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, jami 30 yoki 40 ga yaqin otishma bo‘lgan. Hujumchilar olomon orasiga granata ham uloqtirishgan, ammo bu natija bermagan. Sakkiz nafar namoyishchi yaralangan.
“Ecuavisa” nashriga ko‘ra, siyosatchiga o‘q uzganlar uch kishi bo‘lgan. Ikki gumondor allaqachon hibsga olingan.
Fernando Vilyavisensioning asl kasbi jurnalist bo‘lib, u o‘z faoliyatini “El Universo” gazetasidan boshlagan. U 2013 yilda siyosatga kirib kelgan.
Iyul oyida o‘tkazilgan saylovoldi so‘roviga ko‘ra, Fernando Vilyavisensio 13,2 foiz ovoz to‘plagan. U bu natija bilan “Fuqarolik inqilobi uchun harakat” partiyasi nomzodi, so‘l markazchi siyosatchi Luis Gonsales bilan birga 26,6 foiz ovoz to‘plagan holda ikkinchi bosqichga chiqishi mumkin edi. Uchinchi o‘rinda 12,5 foiz ovoz bilan mahalliy xalqlar huquqlari uchun kurashuvchi Yaku Peres joy olgan.
LiveBarchasi