Ekstremistik materiallarni tarqatishda ayblanayotgan erkak Koreyadan O‘zbekistonga qaytarildi
3-sahifa
−
21 iyul 2023 8218 1 daqiqa
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan va ekstremistik materiallarni tarqatishda ayblanayotgan jinoyatchi Koreyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, qidiruvdagi shaxs xorijiy davlatning telefon raqamidan foydalanib, yangi profil ochgan. Turli ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbekistonda taqiqlangan diniy-ekstremistik tashkilotlar, g‘oyalar va audiomateriallarni tarqatgan.
O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi xodimlari hamda Interpolning Toshkent va Seuldagi MMBlari hamkorligida jinoyatchi O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirish uchun chiqarib yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston-Nepal chegarasining Bihar shtati hududidan noqonuniy tarzda o‘tayotgan paytda qo‘lga olingan va ikki yildan beri hibsda bo‘lgan uch nafar ayol O‘zbekistonga qaytarilgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust