Eksportchilarning transport xarajatlarini kompensatsiya qilish to‘xtatildi

Jamiyat

image

Eksportchilarning tashish xarajatlarini kompensatsiya qilish amaliyoti bekor qilindi. Bu haqda Prezidentning 2024 yil 27 dekabr kuni qabul qilingan “Eksportni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarining Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” farmonida so‘z boradi.  

Unga ko‘ra, Prezidentning ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi:

  • eksportni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish;
  • eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yo‘l transportida eksportga tashish xarajatlarini kompensatsiya qilish amaliyotini bekor qilish.

Bunda eksport qiluvchi tashkilotlarning 2024 yil 31 dekabrgacha amalga oshirilgan eksporti uchun 2025 yil 1 fevralga qadar belgilangan tartibda subsidiya va kompensatsiyalar taqdim etiladi.

Farmon joriy yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yilning yanvar-noyabr oylari holatiga ko‘ra O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 59,4 mlrd AQSH dollarga yetgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eksport kompensatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing