Ekspert OTMlarda an’anaviy ta’lim boshlanishiga to‘xtaldi
Bu qiziq
−
23 Oktabr 2020
21980Ayni kunlarda mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy o‘qishni boshlash masalasi kun tartibida turibdi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi an’anaviy va masofaviy ta’lim bo‘yicha so‘rovnoma natijalarini bundan ikki kun avval e’lon qilishi, bunga asosan O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi ta’lim dargohlari qachon an’anaviy shaklda ish boshlashini e’lon qilishi kerak edi. QALAMPIR.UZ’ga ma’lum bo‘lishicha, ayni vaqtda so‘rovnoma natijalari umumlashtirilib, Hukumatga kiritilgan.
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva bugun, 23 oktyabr kuni AOKAda o‘tgan brifingda OTMlarda an’anaviy ta’limni tiklashdagi muhim jihatlarga to‘xtaldi.
“Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalarida darslarni qayta tiklash bo‘yicha qaror qabul qilingan. Har bir muassasa pandemiya sharoitida o‘quv xonalarida va yotoqxonalarda sanitar-epidemiologik holatini o‘rganib, kamchiliklarni aniqlab, bartaraf etilgandan so‘ng darslarga ishtirok etishga ruxsat beriladi”, deydi Nargiza Nurullayeva.
Uning qayd etishicha, barcha oliy ta’lim muassasalaridagi chora-tadbirlar koronavirusning oldini olishga qaratilgan. Ammo bu vaziyatda institutlardagi professor-o‘qituvchilar va talabalarga ham ko‘p narsa bog‘liq. O‘zida kasallikning ilk belgilarini sezganlar o‘z-o‘zini yakkalashi va shifokorlarga murojaat qilishi zarur.
Ekspertga ko‘ra, jamoat transportlarida esa yo‘lovchi tashishda ko‘rsatilgan epidemiologik qodilarga amal qilinishi shart.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari faoliyatini an’anaviy ravishda boshlashi bo‘yicha ikki xil taxminiy sana mavjud bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda 2 noyabr yoki 16 noyabrdan OTMlar an’anaviy ta’lim shakliga o‘tkazilishi muhokama qilinmoqda.
LiveBarchasi