Ekspert Instagram foydalanuvchilari qanday kuzatilishi haqida gapirib berdi
Texnologiya
−
30 Sentabr 2020
5888Ekspert Instagram foydalanuvchilari qanday kuzatilishi haqida gapirib berdi
Instagram ham boshqa ijtimoiy tarmoqlar kabi foydalanuvchilari xatti-harakatlari haqidagi ma’lumotlarni yig‘ib boradi. Bu jarayon asosan platformaning to‘g‘ri ishlashi uchun qilinadi, ammo shaxsiy ma’lumotlardan tijoriy maqsadlar uchun ham foydalanish mumkin, deydi Rossiyaning “Raqamli fuqaro” moliyaviy tadqiqotlar milliy agentligi bosh eksperti Aslan Subhonqulov.
“Ma’lumotlarni yig‘ish samarali reklama targetingi(yo‘nalishi) uchun zarur. Foydalanuvchining internet faolligi — uning qidiruv tizimiga yo‘llagan so‘rovlari, reklama e’lonlariga oldingi “kliklari” va ma’lum bo‘lishicha hatto akkauntlardagi shaxsiy ma’lumotlar ham kuzatib boriladi”, deydi ekspert.
Qolaversa, Instagram foydalanuvchi chop etilgan qaysi materiallarni ko‘rayotgani, qanday hayotiy hikoyalar, voqealar bilan tanishib borayotganidan ham boxabar bo‘lishni kanda qilmaydi.
Haitboy Hasanov