Ekspert 2021 yilning eng foydali valyutasi qaysi bo‘lishini aytdi

Foydali

image

2021 yilda omonlatlarni saqlash uchun eng yaxshi xorijiy valyuta yevro bo‘ladi. Chunki Yevropa iqtisodiyotining tiklanish dinamikasi ushbu valyutaning o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda "BKS Mir investitsiy" kompaniyasi tahlilchisi Mixail Zelser RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qilgan. 

"Yevropa iqtisodiyoti o‘sish tezligi Amerika iqtisodiga qaragandan tez bo‘ladi. Ikkinchidan Amerika fiskal dasturlari oqibatida dollar devalvatsiyaga uchraydi. Shu sababli ham yevro 2021 yilning birinchi yarmidayoq dollarga nisbatan 1,3 baravar o‘sishi mumkin. Agar siz omonatingizni xorijiy valyutada saqlamoqchi bo‘lsangiz - Yevro yaxshi valyuta bo‘lishi mumkin”, deydi Zelser.

Ekspertning fikriga ko‘ra, o‘rta uzoqlikdagi muddatlarda rezerv valyuta sifatida yevrodan tashqari yuan va iyena ham istiqbolli valyuta bo‘lishi mumkin. 

Bundan tashqari, ushbu davrla BRIKS davlatlari valyutalari ham o‘sishi mumkin. Ayniqsa, rand va rupiya. 


Maqola muallifi

Teglar

valyuta

Baholaganlar

353

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing