“Chorsu" ortidan “Abu Saxiy”da ham yong‘in chiqdi

Jamiyat

image

Kecha, 20 iyul kuni poytaxt Toshkentda joylashgan “Abu Saxiy” bozorida yong‘in qayd etildi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatidan xabar qilinmoqda.

Yong‘in Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi 156a-uyda joylashgan “Tashkent trade center” MCHJ XKga qarashli savdo majmuasi xududidagi 2-Blok, U31-sonli maishiy texnikani savdo qilish do‘konida sodir bo‘lgan. Soat 16:19 da aniqlangan yong‘in natijasida do‘konning tom qismi 10 kv metr maydoni yonib zararlangan.

Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 16:26 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 16:31da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 8 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. 

Yong‘in elektr simlarining ortiqcha yuklanishi oqibatida sodir bo‘lgan deb, taxmin qilinmoqda.

Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval Toshkentdagi “Bek to‘pi” qurilish mollari bozorida ham yong‘in chiqqan edi. 20 iyuldan 21 iyulga o‘tar kechasi esa Namangan shahridagi “Chorsu” bozorini alangan qurshab oldi


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing