Eksperimental notarial idoralar tashkil etiladi
Jamiyat
−
10 Sentabr 2019
3790O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga binoan endilikda eksperimental notarial idoralar tashkil etiladi.
Farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvargacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarda kamida 2 tadan va Toshkent shahrida kamida 5 ta eksperimental notarial idora tashkil etiladi.
Ushbu idoralarda quyidagilar joriy etiladi:
• mol-mulkni tasarruf etish bilan bog‘liq bo‘lmagan bitimlarni tasdiqlash, ijro xatlarini yozish, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlash elektron raqamli imzodan foydalangan holda rasmiylashtiriladi;
• arizalar elektron raqamli imzodan foydalangan holda hamda videokonferensaloqa orqali rasmiylashtiriladi.
Masofadan turib xizmat ko‘rsatilganda rasmiylashtirilgan hujjatlarni mijozga kurer xizmati orqali yetkazib berish imkoniyati yaratiladi.
2024 yil 1 yanvarga qadar notarial arxivda saqlanayotgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni vujudga keltiruvchi bitimlar raqamli ko‘rinishga o‘tkaziladi.
LiveBarchasi