1 yanvardan yangi notarial harakatlar joriy etiladi
Jamiyat
−
10 Sentabr 2019
4919O‘zbekistonda 2020 yilning 1 yanvaridan yangi notarial harakatlar joriy etiladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida aks etgan.
2020 yil 1 yanvardan quyidagi yangi notarial harakatlar joriy etiladi:
• fuqarolik-huquqiy munosabatlarda sudgacha bo‘lgan jarayonda dalillarni ta’minlash;
• mulkiy va meros masalalarida mediator vazifalarini bajarish;
• mualliflik va turdosh huquq ob’ektining taqdim etilgan vaqtini tasdiqlash.
2020 yil 1 yanvaridan quyidagi qulayliklar yaratiladi:
• ko‘chmas mulklar bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda MIBning vakolatlariga kiradigan kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorliklar haqida ma’lumotlar faqat Byuroning axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshiriladi;
• agar taraflar turli hududlarda bo‘lsa, o‘sha huddagi notarial idorada turib videokonferensaloqa orqali bitimlarni notarial tasdiqlashi mumkin;
• ochiq axborot tizimidagi ayrim hujjatlarning elektron shakli mulkni begonalashtirish bilan bog‘liq bo‘lmagan harakatlarni amalga oshirishda hujjatning qog‘oz shakli bilan teng huquqiy kuchga ega bo‘ladi;
• respublika hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar notariusga taqdim etilmasdan turib, ularni noyob raqam orqali tekshirish mumkin bo‘ladi;
• notariusga murojaat etishda elektron navbat olish va hujjatlarni oldindan tayyorlab qo‘yish xizmati joriy etiladi;
• notarial arxivda mavjud bo‘lgan hujjatlar nusxasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish imkoni yaratiladi.
LiveBarchasi