Ekologik partiyaning Buxoro viloyat kengashi raisi vafot etdi
Jamiyat
−
14 iyul 2021
7677Bugun, 14 iyul kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyat partiya tashkiloti raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Niyozov Anvar Bobonazarovich vafot etdi. Bu haqda Buxoro viloyati Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Anvar Niyozov 1960 yil 24 oktyabrda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. U 1983 yilda Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutini tamomlagan. Anvar Bobonazarovich mehnat faoliyatini Respublika “O‘zdavloyiha” yer tuzish va loyihalash institutining Buxoro filialida muhandis sifatida boshlagan.
Xabarga ko‘ra, Anvar Niyozov o‘zining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ko‘p yillik faoliyati davomida atrof-muhit barqarorligini ta’minlash yo‘lida mehnat qilgan. Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida 30 yildan ortiq rahbar lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan. Shuningdek, u viloyat kengashi deputati ham bo‘lgan.
LiveBarchasi