Ekologik partiya ichki yonuv dvigatelli avtomobillar sotilishini taqiqlashni taklif etmoqda
Jamiyat
−
08 Sentabr
7941Joriy yilning 7 sentyabrida O‘zbekiston Ekologik partiyasining V Forumi o‘tkazildi.
Forumda 27 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar oldidan partiyaning yangi Saylovoldi dasturi muhokama qilindi.
Partiyaning ilgari surayotgan Saylovoldi dasturida mamlakatning barqaror rivojlanishiga, ekologik xavfsizligiga erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun qulay atrof-muhitini yaratish hamda tabiiy resurslarni saqlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishga oid muhim tashabbus va takliflar o‘rin olganligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Dasturda viloyat va tumanlardagi yashil maydon hamda daraxtzorlarning “yashil kadastri”ni ishlab chiqish, “Ekologik toza shahar”, “Ekologik toza aholi yashash punkti”ga oid davlat dasturini qabul qilish g‘oyalari ilgari surilayotganligi ma’lum qilindi.
Shu bilan birga, mamlakat tayanchi bo‘lgan xavfsiz va ishonchli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun 2030 yilga qadar issiqxona gazlari emissiyasini 65 foizga qisqartirish, 2035 yilgacha avtomobilsozlik sanoatini to‘liq elektromobil ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish, 2030 yilgacha energiya balansida ekologik toza va qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini ikki karra oshirish kabi tashabbuslarning dasturga kiritilganligi Ekopartiya tarafdorlari tomonidan faol qo‘llab-quvvatlandi.
Shuningdek, dasturda 10 yoshdan katta daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazishga cheklov o‘rnatish, 2030 yildan poytaxt va yirik shaharlarda ichki yonuv dvigatelli yengil avtomobillar harakatini, 2035 yildan esa mamlakatda ularning sotilishini taqiqlash, qurilish maqsadlarida daraxtlarni noqonuniy kesgan tadbirkorlarning yerga bo‘lgan huquqini bekor qilish kabi takliflarilgari surilayotganligi Forum delegatlari tomonidan etirof etildi va O‘zbekiston ekologik partiyasining “Tabiat uchun birlashaylik!” g‘oyasi mujassamlashgan
Saylovoldi dasturi tasdiqlandi.