Ekoqo‘mita aholi va fermerlarga murojaat bilan chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda g‘alla yig‘imi mavsumi boshlanishi munosabati bilan Davlat ekologiya qo‘mitasining respublikaning barcha fermerlar, korxona, tashkilot rahbarlari va aholisiga murojaat bilan chiqdi.

“Mamlakatimizda 2022 yil g‘alla o‘rim yig‘imi mavsumi boshlanishi munosabati bilan g‘alladan bo‘shagan maydonlarda somon poya qoldiqlarini yig‘ishtirib olish, ularni yoqib yuborilish holatlarini bartaraf etish barchamizning vazifamizdir. Shu sababdan, barcha xo‘jalik hududlarida yetishtirilgan boshoqli don mahsulotlari o‘rib, yig‘ib olingandan so‘ng, dalalarda somon poya qoldiqlarini yig‘ishtirib olishingiz va ushbu hududlarda yong‘in sodir bo‘lishi kabi noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rishingiz so‘raladi”, deyiladi qo‘mita murojaatida.

Idoraning qayd etishicha, somon poya qoldiqlari yonishi natijasida atmosfera havosiga uglerod oksidi, azot oksidi, azot ikki oksidi, oltingugurt oksidi kabi inson sog‘ligi uchun zararli bo‘lgan zaharli moddalar ajralib chiqadi.

“Somon poya qoldiqlari yoqilishi nafaqat ona tabiatimizga, balki inson salomatligi bilan bir qatorda iqtisodiyotimzga ham jiddiy zarar yetkazishini ham unutmang!

Somon poyalari va ularning qoldiqlari yoqilgan hududlarda yer unumdorligining keskin pasayishi, tuproq strukturasining buzilishi hamda yong‘in natijasidagi yuqori harorat tufayli makro va mikro elementlarning yo‘q bo‘lib ketishi oqibatida ekin yerlarining ball boniteti keskin pasayishiga olib keladi”, deyiladi Ekoqo‘mita xabarida.

Shuningdek, somon poyalari va ularning qoldiqlarining yoqilish holatiga yo‘l qo‘ygan huquqbuzarlarga va yer egalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi  MJtKning 88-moddasi 3-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha (3 million so‘m) bo‘lgan miqdorda ma’muriy jarimalar qo‘llanilishi hamda yong‘in sodir bo‘lgan g‘alla ekin maydonlarning xar bir gektariga yetkazilgan zarar bo‘yicha amaldagi tartib asosida iqtisodiy choralar belgilanishi eslatib o‘tilgan.


Maqola muallifi

Teglar

ekologiya g'alla

Baholaganlar

124

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing