Yoqutistonda to‘g‘on o‘pirilishi tufayli shahar suv ostida qoldi (video)

Olam

image

Suv to‘g‘onni yorib o‘tishi sabab Yoqutistonning (Rossiya tarkibidagi respublika) Verxoyansk tumanidagi Verxoyansk shahrining barcha ko‘chalari va xonadonlarini suv bosdi. Bu haqda “Interfaks” tuman ma’muriyati matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

“Elektr tarmoqlari va nimstansiyalarda avariya xavfi tufayli qisqa vaqt ichida ijtimoiy ob’ektlar uylarining yarmida elektr ta’minoti to‘xtatildi”, deyiladi xabarda.

Yoqutiston tezkor shtab-kvartirasi ma’lumotlariga ko‘ra, Verxoyanskda 54 ta xo‘jalik uchastkasi suv ostida qolgan.

“Kuchli yomg‘ir natijasida yuzaga kelgan sel oqim bo‘yicha quyiga harakatlanyapti. Bugun Verxoyansk shahrini suv bosishi boshlandi. Bundan tashqari, Borunuk qishlog‘ida suv sathi ko‘tarilgan. 1,5-2 kundan keyin suv Yana daryosi oqimiga tushishi kerak”, deya aniqlik kiritgan shtab.

Bundan tashqari, Verxoyansk viloyatining Tokuma, Suordax, Betenkes va Tomtor qishloqlari suv ostida qolgan. Mintaqada favqulodda holat e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

suv toshqini

Baholaganlar

331

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing