YeI Rossiya uchun yangi sanksiyalar tayyorlayapti

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishni rejalashtiryapti. Navbatdagi cheklov choralari Kerch bo‘g‘ozidagi voqea ortidan qo‘llaniladi. Bu haqda YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini ma’lum qildi.

“Yaqin haftalarda Kerch bo‘g‘ozidagi voqealar uchun yangi sanksiyalar kiritish bo‘yicha YeIning yakdil qarori qabul qilinadi”, dedi u. Ta’kidlanishicha, gap sakkiz kishini YeI “qora ro‘yxat”iga kiritish haqida boryapti.

Eslatib o‘tamiz, 25 noyabr kuni ertalab, Ukraina Harbiy dengiz kuchlariga qarashli “Berdyansk”, “Nikopol” va “Yanы Kapu” kemalari Rossiyaning dengiz chegaralarini buzib kirgan.

Rossiyaning ta’kidlashicha, ukrain kemalari rus sohillaridan 20 kilometr, kemalar odatiy o‘tadigan Kerch bo‘g‘ozi Qrim ko‘prigidan 50 kilometr masofada to‘xtatilgan. Buning uchun qurol ham ishlatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi sanktsiya Rossiya-Ukraina

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made