Egizaklariga guvohnoma olishga chiqqan falastinlikning uyi bombalandi

Olam

image

G‘azo shimolidan Dayr al-Balohga ko‘chirilgan falastinlik Muhammad Abu Al-Qumsan to‘rt kunlik egizaklari uchun tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olishga chiqqanida uning uyi Isroil harbiy-havo kuchlari tomonidan bombalandi. Bu haqda “The Hill” xabar berdi.

Oqibatda erkak uyga qaytganida, Isroil havo hujumi oqibatida Al-Qumsanning xotini va yangi tug‘ilgan egizaklari halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Uning rafiqasi, farmatsevt Joumana Arafa to‘rt kun oldin egizaklarni dunyoga keltirganini Facebook'dagi sahifasida e’lon qilgan edi. Al-Qumsan mahalliy hukumat idorasiga tug‘ilishni qayd etish uchun ketgan. U o‘sha yerda bo‘lganida qo‘shnilari qo‘ng‘iroq qilib, markaziy Dayr al-Baloh shahri yaqinida boshpana qilgan uyi bombalanganini aytgan. Uning egizaklari ham, xotini ham halok bo‘lgan.

“Nima bo‘lganini bilmayman. Menga uyimga snaryad tushganini aytishdi”, degan u.

“Associated Press” xabariga ko‘ra, er-xotin urushning dastlabki haftalarida G‘azo shahrini evakuatsiya qilish to‘g‘risidagi buyruqni bajarib, armiya buyurganidek hudud markazidan boshpana izlagan.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining da’vo qilishicha, 2023 yilning 7 oktyabridan buyon kamida 39 ming 929 falastinlik halok bo‘lgan va 92 ming 240 kishi yaralangan, so‘nggi 24 soat ichida 32 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Egizak G'azo Muhammad Abu Al-Qumsan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing