“Egasiz” jasadlar tibbiyot oliygohlariga berilishi mumkin. Qirg‘izistonda

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Kenesh deputati Jildiz Sadirboyeva qarindoshlari yoki yaqinlari tomonidan so‘ralmagan (egasiz) jasadlarni talabalarni o‘qitish uchun tibbiyot oliy o‘quv yurtlariga topshirishni taklif qilmoqda. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, zo‘ravonlik bilan o‘lim belgilari bo‘lmagan, shaxsi aniqlangan, kasallik tashxisi va o‘limning sababi tasdiqlanganidan keyin 30 kun ichida qarindoshlari tomonidan da’vo qilinmagan vafot etgan shaxsning jasadi  tibbiyot bilim yurtlariga berilsa, talabalar anatomik materiallar bilan ishlashda ko‘nikma hosil qiladi hamda sifatli tibbiy ta’lim, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarga kompleks yondashuvni ta’minlaydi.

Deputat “da’vo qilinmagan jasad” tushunchasiga aniq ta’rifni kiritishni taklif qilib, tegishli organlarning yozma so‘rovi va ichki ishlar organlarining ruxsati asosida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oliy kasb-hunar tibbiyot tashkilotlariga o‘tkazishning shaffof mexanizmini yo‘lga qo‘yilishi kerakligini aytmoqda. Uning fikricha, da’vo qilinmagan jasadlardan tibbiy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar uchun foydalanish tartibini tartibga soluvchi aniq huquqiy normalarni belgilash zarur.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Qirg‘izistonda 12 ta davlat ta’lim tashkiloti tibbiyot yo‘nalishida 17 ming 449 nafar, 22 nodavlat ta’lim tashkiloti esa 16 ming 835 nafar tibbiyot yo‘nalishida talaba tayyorlaydi. Tibbiyot yo‘nalishlarida jami 34 ming 284 nafar talaba tahsil olmoqda. Qirg‘iziston Patologik byurosining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda 204 ta, 2024 yilda 193 ta, 2025 yil boshidan esa 15 ta yaqinlari so‘ralmagan jasad ro‘yxatga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada ekologiyaga yetkaziladigan zarar miqdorini kamaytirish maqsadida o‘liklarni ishqorli suvda eritish amaliyoti joriy etilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qirg'iziston jasadlar Jildiz Sadirboeva tibbiyot oliygohlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing