Edinson Kavani qachon safga qaytadi?

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavani joriy mavsumdagi jarohati sabab bir nechta o‘yinda ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi. 

“Muammo quyidagicha: mavsum boshlanishidan oldin men sog‘ligimda biroz noqulaylik his qildim. Shu sababli, bir necha haftani o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldim va shundan keyingina maydonga tushishni boshladim. Og‘riq o‘tib ketishiga umid qilgandim. “Tottenxem”ga qarshi o‘yindan so‘ng, vaziyat yana avvalgi holiga qaytdi. Shu sababli ahvolim yomonlashmasligi uchun uni butunlay davolashga qaror qildim. “Manchester Yunayted” va Urugvay terma jamoasiga yordam berish uchun imkon qadar tezroq tuzalishga harakat qilaman”, deydi Kavani.

Angliya Premer ligasining joriy mavsumida urugvaylik futbolchi 5 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Edinson Kavani mankunianliklar safini tark etib, erkin agent sifatida Kataloniyaning “Barselona” klubi safiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Moliyaviy inqirozlar davrida “ko‘k-anorranglilar” erkin agentga aylanadigan futbolchilarga alohida e’tibor qaratmoqda. Urugvaylik futbolchining MYU bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Tottenxem Man Yunayted Kavani

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing