Eden Azar: “Koronavirusni boshqalarga yuqtirishdan qo‘rqaman”

Sport

image

COVID-19 virusi dunyo bo‘ylab keng tarqalmoqda. Koronavirus pandemiyasi sportga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi va ko‘plab sportchilar ushbu yuqumli infeksiyani yuqtirib oldi. Madridning "Real" klubi futbolchisi Eden Azar koronavirus pandemiyasi haqida izoh berdi.

"Koronavirusni yuqtirib olishdan qo‘rqamanmi? Albatta, boshqa insonlar kabi men ham bu yuqumli kasallikni yuqtirib olishdan qo‘rqaman. Lekin o‘zim yuqtirib olishdan ko‘ra ushbu infeksiyani boshqalarga yuqtirib qo‘yishdan qo‘rqaman. Bu yanada nozik vaziyatga aylanadi. Men vaziyatni yengib o‘tamiz, deb ishonaman va salomatligimiz ustida kurashayotgan fidoiy insonlar bor. Biroq, ko‘proq xavfga moyil bo‘lgan nozik odamlar borligini bilaman. Men ulardan xavotirdaman", dedi Azar.

Ma’lumot o‘rnida, Azar joriy yilning fevral oyi so‘ngida jarohat olib, 2 oyga safdan chiqqan va bu yilgi mavsumni davom ettirolmasligi ma’lum bo‘lgan. Koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab keng tarqalgani bois, futbol bo‘yicha barcha musobaqalar to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 590 012 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 26 939 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 132 440 nafari virusdan butkul forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Eden Azar Real Madrid Koronavirus

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing