Apple aksiyalari yangi rekord o‘rnatdi

Texnologiya

image

Kecha, 2 yanvar kuni Apple aksiyalari narxi ilk bor donasiga 300 dollardan oshdi. Birja savdolari yopilishiga ozgina qolganda kompaniya qimmatli qog‘ozlari narxi 2,3 foizga o‘sib, 300,35 dollarga yetgan. Bu haqda “Financial Times” (FT) xabar berdi.

Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, Apple`ning bozor kapitalizatsiyasi 1,33 trln dollarga yetdi. Kapitalizatsiya bo‘yicha ikkinchi o‘rinda 1,23 trln dollar bilan Microsoft kompaniyasi turibdi.

Apple aksiyalari ilk bor 2018 yilda 200 dollarlik ko‘rsatkichdan o‘tgandi. 2009 yildan beri kompaniya aksiyalari deyarli 10 baravar qimmatlashdi.

2019 yil sentyabrda Apple yangi iPhone 11 Pro, iPhone 11 Pro Max, iPhone 11 smartfonlarini namoyish qildi. Yangi gadjetlar taqdimotidan keyin kompaniya kapitalizatsiyasi 1 trln dollardan oshdi.


Maqola muallifi

Teglar

aktsiya Apple

Baholaganlar

175

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing