Ebola “uyg‘onmoqda”. JSST kasallik bilan qanday kurashish kerakligini aytdi

Salomatlik

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Konga Demokratik Respublikasi (KDR) bo‘yicha vakili Ngoy Nsenganing ma’lum qilishicha, Afrika mamlakatlarida Ebolaning yangi o‘choqlari paydo bo‘lmoqda. Shu sabab unga qarshi emlash ishlarini keng ko‘lamda olib borish kerak.

"Ebola qaysidir bir joyda paydo bo‘ladi. Ammo biz vaziyatni bartaraf etishimiz va kasallikni keng miqyosiga tarqalishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak" dedi Nsenga.

Unning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatlar vaqti-vaqti bilan sodir bo‘ladi.

"Eng muhim savol shundaki, kasallik KDRdan tashqarida kuzatilsa, biz qanday qilib uning tarqalishining oldini olishimiz mumkin?”, deya qo‘shimcha qildi u.

Nsenganing ta’kidlashicha, emlash bu muammoni hal qilishning kaliti bo‘ladi. Shuningdek, vaksina kasalga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlarga beriladi.

Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) Ebola tarqalishiga qarshi kurash haqida gapirganda, JSST vakili mamlakatda ushbu kasallikka qarshi kurashish uchun yetarlicha tibbiy xodimlar mavjudligini ta’kidladi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka qarshi kurash xarajatlari juda katta. Xususan, epidemiyalogik markazning mavjud emasligi sababli, bu qo‘shimcha logistika muammolarini keltirib chiqaradi.

Avvalroq, Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaning yangi to‘lqini qayd etilgani, besh kishi, shu jumladan 15 yoshli qiz kasallikdan vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot o‘rnida, eng yomon Ebola epidemiyasi 2014-2016 yillarda Liberiya, Serra-Leone va Gvineyada qayd etilgan. Ushbu epidemiya davrida 28 000 dan ortiq odam kasallangan va 11 000 dan ortiq odamlar vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ebola

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing