Ebola sabab Kongoda aviaqatnovlar to‘xtatildi
Olam
−
08:27 1006 2 daqiqa
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi aviaqatnovlarni to‘xtatganiga qaramay tarqalishda davom etmoqda. Bu haqda kecha, 24 may kuni “Bloomberg” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bunia shahri Uganda chegarasi yaqinida joylashgan bo‘lib, u yerda ham Ebola yuqtirish holatlari qayd etila boshlagan.
“Kongo Demokratik Respublikasi sharqdagi Bunia shahri bilan aviaaloqani to‘xtatdi, mintaqa sog‘liqni saqlash vazirlari esa Ebola epidemiyasi bilan bog‘liq transchegaraviy xavflar kuchayayotgani haqida ogohlantirdi”, deyiladi xabarda.
Kongo Demokratik Respublikasi Transport vazirligi shaharga tijorat, xususiy va maxsus reyslarni taqiqlagan. Faqat gumanitar va tibbiy tashuvlarga istisno tariqasida ruxsat berilgan.
Maqola mualliflari cheklovlar virus tarqalishini to‘xtata olmaganini ta’kidlagan. Kasallanish holatlari mamlakatning uchta viloyati – Ituri, Shimoliy Kivu va Janubiy Kivuda qayd etilgan. Bundan tashqari, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi kasallikni kuzatishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Kongo Demokratik Respublikasida aniqlangan 1745 nafar aloqador shaxsning atigi beshdan biri kuzatuvga olingan. Shuningdek, 867 ta ehtimoliy kasallanish holati va 204 ta taxminiy o‘lim qayd etilgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 19 may kuni Uganda va Kongo Demokratik Respublikasidagi Ebola epidemiyasini xalqaro ahamiyatga ega favqulodda vaziyat deb e’lon qilgan edi. Tashkilot ushbu mamlakatlardagi ommaviy kasallanishlarni ikki oy ichida to‘xtatishning imkoni yo‘qligini bildirgan.
Kongo Demokratik Respublikasida esa Ebola epidemiyasi haftalar davomida e’tiborsiz qoldirilgan. Mahalliy aholining ayrim qismi uni oqsoqollar yuborgan la’nat deb hisoblagan.
Live
Barchasi