Ebola qurbonlari 300 dan oshdi

Olam

image

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola epidemiyasi avj olmoqda. Mamlakatda kasallanganlar soni 1155 nafarga yetdi. Hodisa oqibatida 304 kishi vafot etgan. Bu haqda “The Times” xabar berdi.

Mamlakat hukumatiga ko‘ra, hozirda 326 kishi shifokor nazoratida davolanmoqda. Ebola asosan Ituri, Shimoliy Kivu va Janubiy Kivu provinsiyalarida tarqalmoqda. Qurolli to‘qnashuvlar davom etayotgan Ituri eng ko‘p kasallik qayd etilgan hudud bo‘lib qolmoqda.

Ma’lumot uchun, Kongo Demokratik Respublikasi hukumati Ebola tarqalishi haqida 15 may kuni rasman e’lon qilan edi. Kasallik bungacha bir necha hafta davomida aniqlanmagan.

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari ekspertlari ushbu epidemiya mamlakat tarixidagi eng yirik Ebola epidemiyalaridan biriga aylanishi mumkiligini taxmin qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya hududida Ebola bezgagi bilan kasallanishning ilk holati aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Kongo Demokratik Respublikasidagi gumanitar missiyadan qaytib kelgan shifokorda virusga olingan test ijobiy natija bergan.

Mumtozbegim Abdumo‘minova


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing