“Yo qamoq, yo front”. Rossiya safida jang qilgan o‘zbekistonlik Ukrainaga taslim bo‘ldi (video)

Olam

image

Rossiya tomonidan urushga jalb qilingan O‘zbekiston fuqarosi Ukraina frontiga yetib borgan zahoti taslim bo‘ldi. Uning videomurojaatini “Nexta Live” kanali chop etdi. 

31 yoshli buxorolik yigitning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya armiyasi safida urushga qatnashish shartnomasini majburiy ravishda imzolagan. Mahalliy politsiya uni giyohvand moddalar bilan aloqadorlikda ayblab, 12–18 yilga qamab yuborish bilan qo‘rqitgan. Uning oldida esa ikkita yo‘l qolgan – yo qamoq, yo front. 

Fuqaro frontga yetib kelgan zahoti Ukrainaning harbiy dronlaridan biri uni aniqlagan. U darhol qurolsiz holatda taslim bo‘lgan. Rossiya armiyasidagi sharoitlar haqida gapirar ekan, u aloqa vositalari va harbiy jihozlarni o‘z hisobidan sotib olgani, armiyada tartibsizlik va aldov hukmronligini bildirgan.

Unga ko‘ra, jang maydonida halok bo‘lgan askarlarning jasadlari shunchalik ko‘p bo‘lganki, qadam qo‘yishga joy qolmagan. O‘zbekistonlik yigit Rossiyaga qaytishni istamayotganini aytib, O‘zbekiston hukumatidan mamlakatga qaytishda yordam so‘ragan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023 yilda Rossiya armiyasiga shartnoma asosida yollangan namanganlik 55 yoshli erkak 2 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing