Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun OTMga qabul tartibi o‘zgardi
Jamiyat
−
08 iyun 2021
8384O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Xususan, quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar nazarda tutilgan:
- ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish tartibini joriy etiladi;
- oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladigan kam ta’minlangan oila tushunchasi mezonlarini aniqlashtiriladi;
- tavsiyanoma olish uchun talabgor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga elektron shaklda murojaat qilish imkoniyatini beriladi;
- oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladigan xotin-qizlar doirasini kengaytiriladi;
- tavsiyanoma berish masalasini ko‘rib chiqish jarayonini Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgarmasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan bog‘lanadi;
- oilaning ehtiyojmandlik darajasi “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning qiz farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar orqali aniqlash tartibi joriy etiladi.
Belgilanishicha:
- tavsiyanoma belgilangan mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor xotin-qizlarga beriladi;
- tavsiyanoma olish uchun talabgor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga elektron shaklda murojaat qiladi;
- oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma bir yil muddatga beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan, joriy yilning 3 iyunidan kuchga kirdi.
LiveBarchasi