Ehtiyot bo‘ling! O‘zbekistonda yana bir dori muomaladan chiqarildi

Salomatlik

image

O‘zbekistonda “Tutukon Neo” dori vositasi zarur ishlab chiqarish amaliyotini buzgani uchun muomaladan chiqarildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi fuqarolarni mazkur dori vositasidan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

Ma’lum qilinishicha, Ispaniyaning “Dori vositalari va tibbiy buyumlar agentligi” (AEMPS qaroriga binoan, Ispaniyaning “Labaratorio Miquyel Y Garriga Inc, S.L.” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Tutukon Neo” (flakonlarda) dori preparatining “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)” talablari buzilgani aniqlangan.

Markaz mazkur dorining O‘zbekiston hududiga kirib kelgan bir qator seriyalarini farmatsevtika bozoridan muomaladan qaytarib olinayotganligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda o‘tgan yili 20 nafar bola Hindistonning Marion Biotech farmatsevtika firmasi ishlab chiqargan “Dok-1 Maks” yo‘tal siroplarini iste’mol qilishi oqibatida vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Dori Tutukon Neo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing