Fransiyada koronavirusning o‘lim darajasini kamaytiruvchi samarali dori topildi

Salomatlik

image

Fransuz olimlari revmatoid artritga nisbatan qo‘llaniladigan dori koronavirusning o‘limga olib keladigan alomatlaridan biriga qarshi kurashishda samarali bo‘lishini aniqlashdi. Ular ushbu dori ustida koronavirusga chalingan bemorlarda sinov o‘tkazishgan.

“COVID-19 tufayli pnevmoniya kuzatilgan bemorlarda immunitetning buzilishi natijasida kelib chiqqan “sitokin bo‘roni“ o‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘limga olib keladi deb ishoniladi. 2020 yil 27 martda bir qancha og‘ir ahvoldagi bemorlarda o‘tkazilgan sinovlar yuqoridagi dori vositasini koronavirusning ushbu alomatiga qarshi samarali ekanligini ko‘rsatdi“, deyiladi ushbu tadqiqot natijasi haqida bayonot berilgan press-relizda.

Tadqiqotda jami 129 kishi ishtirok etdi, ularning aksariyati (65 kishi) ushbu dorini odatdagi davolanishdan ustun qo‘ygan. Ulardagi pnevmoniya bilan bog‘liq holat yengillashgan.

Olimlar ushbu dori vositasi koronavirusdan vafot etayotganlar sonini keskin kamayishiga ishonishadi. Chunki, ularning fikricha, koronavirusga chalinganlarning o‘limiga asosan ushbu pnevmoniya alomati sabab bo‘lmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyada koronavirus bilan bog‘liq 165 842 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 45 513 nafari sog‘aygan, 23 293 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 97 036 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Dori Koronavirus alomati

Baholaganlar

170

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made