Dorilar koronavirusga qarshi vaksina o‘rnini to‘ldiradimi?

Salomatlik

image
Koronavirusga qarshi vaksina qabul qilish o‘rniga faqat tabletkalar ichib yurish tavsiya etilmaydi. Dorilar vaksina o‘rnini to‘ldirmaydi. Bu haqda Rossiyaning Gamaley markazi rahbari Aleksandr Ginsburg ma’lumot bergan.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, dorilar ichish faqat profilaktika vazifasini o‘tab beradi. 
 
Ginsburg dori va vaksina faqatgina bir-birini to‘ldirishi mumkinligini ta’kidlagan. 
 
Shuningdek, u koronavirus bilan bog‘liq vaziyatda dori shaklidagi monoklonal antitanalar qabul qilish ham holatni yaxshi tarafga o‘zgartirishi mumkinligini ta’kidlagan.
 
Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 41 milliondan oshgan. 28 milliondan ko‘p bemor sog‘ayib ketgan. 1,13 milliondan ortiq kishi virus qurboni bo‘lgan.

Maqola muallifi

Teglar

Dori

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing