Dzyudochilar reytingida 15 nafar O‘zbekiston vakili Olimpiada hududida bormoqda
Sport
−
04 aprel 2023
257615 nafar o‘zbekistonlik dzyudochi Parij-2024 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritish uchun yaxshi imkoniyat hosil qilgan. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Antalya “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng xalqaro dzyudo federatsiyasi sportchilarning yangi Olimpiada reytingini e’lon qildi. Ahamiyatlisi, ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasining 15 nafar a’zosi litsenzion hududdan joy olgan. O‘zbekiston erkaklar jamoasi to‘liq tarkibda, shuningdek, qizlardan 4 nafar dzyudochi Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi pog‘onada turibdi.
-60 kg:
1. Li Xarim (Janubiy Koreya) – 1936 ochko;
15. Dilshodbek Baratov – 944.
-66 kg:
1. Denis Viyeru (Moldova) – 1960 ochko;
17. Muhriddin Tilovov – 914;
19. Sardor Nurillayev – 869.
-73 kg:
1. Daniyel Kargnin (Braziliya) – 2225 ochko;
7. Shahram Ahadov – 1460;
8. Obidxon No‘monov – 1454;
10. Murodjon Yo‘ldoshev – 1370.
-81 kg:
1. Tato Grigalashvili (Gruziya) – 2575 ochko;
24. Sharofiddin Boltaboyev – 664 (qit’aviy kvota).
-90 kg:
1. Davlat Bobonov – 2174 ochko.
-100 kg:
1. Ilya Sulamanidze (Gruziya) – 2435 ochko;
7. Muzaffarbek To‘raboyev – 1279.
+100 kg:
1. Tatsuro Saita (Yaponiya) – 1950 ochko;
3. Alisher Yusupov – 1810;
8. Shohruh Baxtiyorov – 1210.
Ayollar:
-48 kg:
1. Abiba Abujakinova (Qozog‘iston) – 1924 ochko;
28. Halimajon Qurbonova – 556.
-52 kg:
1. Chelsi Jayls (Buyuk Britaniya) – 2535 ochko;
3. Diyora Keldiyorova – 2244.
16. Sita Qadamboyeva – 726.
-70 kg:
1. Barbara Matich (Xorvatiya) – 2534 ochko;
16. Gulnoza Matniyazova – 865.
Olimpiada uchun reyting ochkolarini jamg‘arish tizimi 2024 yilning 23 iyun kuni yopiladi. Bir vaznda ikki yoki undan ko‘p sportchi litsenzion hududdan joy olsa, Olimpiada ishtirokchisi murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra tanlanadi.
LiveBarchasi