Dzyudo: O‘zbekiston Jahon chempionatida birinchi o‘rinni egalladi

Sport

image

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiya poytaxti Parij shahrida davom etayotgan harbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Ulug‘bek Azizov va Tohir Fayziyev murabbiyligidagi o‘zbekistonlik dzyudochilar yakkalik bahslari yakuniga ko‘ra, 4 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Diyora Keldiyorova (-52 kg), Dilshodjon Baratov (-60 kg), Davlat Bobonov (-90 kg) va Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) jahon chempioniga aylangan bo‘lsa, Shohruh Baxtiyorov (+100 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bugun jamoaviy bahslar bo‘lib o‘tadi.

Ikkinchi o‘rinni braziliyalik dzyudochilar 3 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan band etdi, kuchli uchlik Fransiya terma jamoasiga nasib etdi. Mezbonlar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza medaliga ega chiqishdi. Avstriya 2 ta oltin, Rossiya va Slovakiya terma jamoalari 1 tadan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) reytingida birinchi o‘rinda qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Diyora Keldiyorova Davlat Bobonov Muzaffarbek To'raboev Dilshodjon Baratov Ulug'bek Azizov Ulug'bek Azizov va Tohir Fayziev

Baholaganlar

427

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing