Dzyudo: Oltiboyev chorak finalda Olimpiada chempioniga imkoniyatni boy berdi

Sport

image

Dzyudo bo‘yicha +91 kg vaznda Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan Bekmurod Oltiboyev yarim final chiptasi uchun chexiyalik tajribali dzyudochi Lukash Krpalekka qarshi tatamiga chiqib imkoniyatni boy berdi. Olimpiada chempioni hisoblangan Krpalek vazari bahosi evaziga g‘alaba qozondi.   

Bunga qadar, Oltiboyev chorak final uchun kechgan bahsda niderlandiyalik Xenk Grolni ippon bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratgan edi. Grol ikki marta Olimpiada sovrindori bo‘lgan. O‘zbekiston terma jamoasi vakili birinchi bosqichda mo‘g‘ulistonlik Durenbayar Ulzibayarni ham ippon bahosi bilan mag‘lub etgan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, Oltiboyev bronza medali uchun o‘tish bahsida ukrainalik Yakiv Xammo bilan kurashadi.

Ushbu vazn toifasi dzyudo bahslaridagi eng so‘nggisi hisoblanadi. Bahslar yakuniga yetganidan so‘ng, aralash jamoaviy bellashuvlarga start beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Dzyudo Tokio-2020 Bekmurod Oltiboev

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing