Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 2-kunida nimalar ro‘y berdi?
Sport
−
23 dekabr 2021
3613Kecha, 22 dekabr kuni Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining 2-kuni kutilmagan natijalar bilan esda qoldi. Sportchilar 5 ta vazn toifasida bahs olib borishdi.
73 kg vazn toifasida O‘zbekistonning birinchi raqamli dzyudochisi Hikmatulloh To‘rayev kutilmaganda saralash bosqichidayoq mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etdi. Ushbu vaznda Shahram Ahadov mamlakat chempioni bo‘ldi. To‘rayev joriy yilda Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” turnirida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi. U Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) reytingida 3055 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.
81 kg vaznda esa kutilganidek, Sharofiddin Boltaboyev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uning finaldagi raqibi Ma’ruf Hidirov esa onasini vafot etgani sabab final bahsida ishtirok eta olmadi. Boltaboyev IJF reytingida 3-o‘rinda bormoqda (4356 ochko).
90 kg vazn toifasidagi bahslar ham ancha shiddatli kechdi. Oltin medal uchun kechgan murosasiz bellashuvda surxondaryolik Shermuhammad Jandreyev toshkentlik Doston Meyliyevdan ustun keldi.
Erkaklar. 73 kg:
1. Shahram Ahadov (Buxoro)
2. Murodjon Yo‘ldoshev (Surxondaryo)
3. Vagif Ibodov (Samarqand)
3. Obidxon No‘monov (Namangan)
81 kg:
1. Sharofiddin Boltaboyev (Qoraqalpog‘iston)
2. Ma’ruf Hidirov (Toshkent shahri)
3. Ramazon Allaberdiyev (Surxondaryo)
3. Ulug‘bek O‘roqov (Toshkent shahri)
90 kg:
1. Shermuhammad Jandreyev (Surxondaryo)
2. Doston Meyliyev (Toshkent viloyati)
3. Jaloliddin Qurbonmurodov (Qashqadaryo)
3. Bahodir Panjiyev (Surxondaryo)
Qizlar. 63 kg:
1. Sevinch Isoqova (Jizzax)
2. Mamlakat Sultonova (Xorazm)
3. Marjona Nurillayeva (Samarqand)
3. Laylo Yo‘ldosheva (Xorazm)
70 kg:
1. Shohista Nazarova (Surxondaryo)
2. Nodira Yo‘ldosheva (Toshkent shahri)
3. Ravshaxon Adasheva (Toshkent shahri)
3. Farangiz Hojiyeva (Xorazm)
Eslatib o‘tamiz, Farangiz Hojiyeva Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan.
LiveBarchasi