Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 1-kunida nimalar ro‘y berdi?

Sport

image

Kecha, 21 dekabr kuni Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati boshlangani haqida xabar bergan edik. Musobaqaning 1-kunida 5 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Turnir kutilmagan natijalarga boy bo‘ldi. -60 kg vazn toifasi yetakchisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Kamran Nurillayev saralash bahslaridayoq mag‘lubiyatga uchradi. Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi Sardor Nurillayev esa -66 kg vaznda bronza medalini qo‘lga kiritdi. Sardor ayni paytda Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) reytingida 7-pog‘onani egallab turibdi (3569 ochko).

Shuningdek, qizlar o‘rtasida 52 kg vazn toifasida kutilganidek, Diyora keldiyorova barcha raqibalari ustidan g‘alaba qozondi. Samarqandlik sportchi IJF reytingida 10-o‘rinda bormoqda (3142 ochko).

Qizlar. 48 kg:

1. Halima Qurbonova (Xorazm)
2. Gulnur Murotboyeva (Qoraqalpog‘iston)
3. Mahsuda Bekjonova (Xorazm)
3. Gulhayo Jo‘rayeva (Qashqadaryo)

52 kg:

1. Diyora Keldiyorova (Samarqand)
2. Sita Kadambayeva (Xorazm)
3. Umida Jumaniyozova (Qoraqalpog‘iston)
3. So‘g‘diyona Rafkatova (Xorazm)

57 kg:

1. Shukurjon Aminova (Xorazm)
2. Yoqutjon Abdurimova (Xorazm)
3. Xojar Sharoatova (Surxondaryo)
3. Sarvinoz Husanova (Samarqand)

Erkaklar. 60 kg: 

1. Mirzohid Mahammadjonov (Farg‘ona)
2. Dilshod Baratov (Surxondaryo)
3. Bahrom Botirov (Buxoro)
3. Otabek Otanazarov (Toshkent shahri)

66 kg:

1. Muhriddin Tilovov (Toshkent viloyati)
2. Rahim Subhonov (Toshkent viloyati)
3. Sardor Nurillayev (Samarqand)
3. Bobur Vajiyev (Toshkent viloyati)

Eslatib o‘tamiz, bugungi bellashuvlarda Hikmatulloh To‘rayev, Sharofiddin Boltaboyev, G‘iyosjon Boboyev, Suhrob Tursunov, Shahram Ahadov, Obidxon No‘monov, Shermuhammad Jandreyev, Doston Meyliyev, Murodjon Yo‘ldoshev va Jaloliddin Boynazarov singari nomdor sportchilar tatamiga chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston chempionati Dzyudo IJF

Baholaganlar

10

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing