Do‘smatov “anjancha” zarbalari bilan Jahon chempionini mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 12 noyabr kuni Amman shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari yakunlanadi. Kun dasturida o‘zbekistonlik bokschilarning chiqishlarini Rio-2016 Olimpiadasi g‘olibi Hasanboy Do‘smatov boshlab berdi.

-51 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik jangchi qozog‘istonlik Saken Bibosinovga qarshi ringga ko‘tarildi. Ilk raundda raqibiga biroz ustunlikni boy bergan Do‘smatov, qolgan ikki raundda faol harakatlari bilan raqibidan ustun kelib, yana bir bora Osiyo chempioni degan faxrli nomga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, bu natija O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining qit’a birinchiligidagi birinchi oltin medali hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi janglarda yana 6 nafar o‘zbek bokschisi final janglarida ishtirok etishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Hasanboy Do'smatov

Baholaganlar

915

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing