Dushanbedagi dahshatli YTHda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi (video)
Olam
−
19 mart 2023 16299 1 daqiqa
Kecha, 18 mart kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda haydovchi – O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.
Tojikiston Ichki ishlar vazirligining Dushanbe shahar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Mercedez Benz mashinasi haydovchisi 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi I.A. katta tezlikda “Zafar” mahallasidan Ismoil Somoniy xiyoboni tomon harakatlangan.
Qayd etilishicha, harakat vaqtida I.A. boshqaruvni yo‘qotib, temir yo‘l panjarasiga borib urilgan.
Ta’kidlanishicha, tezlik shunchalik yuqori bo‘lganki, zarbadan avtomobil ikki qismga bo‘linib ketgan, keyin esa orqa qismi yonib ketgan.
“Haydovchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi. Holat bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28